Print this page

Oʻzbekistonda erkaklar koʻpmi yoki ayollar?

     Oʻzbekistonda 2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra, doimiy yashovchi aholi soni 36 million 372,3 ming kishini tashkil etdi.

     Statistika agentligining xabar berishicha, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaygan.

     Shundan:

    Ayollar soni – 18 million 66 ming kishi;
    Erkaklar soni – 18 million 306,3 ming kishini tashkil qiladi.

     Shahar joylarda yashovchi aholi soni 18 million 557,5 ming kishini tashkil etgan boʻlsa,
     qishloq joylarda 17 million 815,8 ming kishi istiqomat qiladi.

O'qilgan: 540 bora