Print this page

Tungi o‘quv-amaliy taktik mashqlar o'tkazildi

   Shimoliy kon boshqarmasi ob'ektlarida yong'in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo'limi rahbariyati tomonidan "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kompaniya tadbirlari doirasida tuman hududida 24 soat davomida muntazam faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalarda tungi o‘quv-amaliy taktik mashq o‘tkazilib kelinmoqda.

photo 2023 10 25 11 08 23

    Navbatdagi mashq 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida tashkil etilib, unga hamkorlikdagi tashkilotlar jalb qilindi.
Mashq jarayonida korxona hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etish va to‘g‘ri harakat qilish hamda jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi yordam ko‘rsatish amaliy tarzda bajarildi.

photo 2023 10 25 11 08 25


T.O.Roʻziyev
ShKB OYoXTTEB boshligʻi podpolkovnik 


O'qilgan: 618 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 26 Oct 2023