Print this page

Uch avlod uchrashuvi

      2024-yilning 5-aprel sanasida Navoiy kon metallurgiya kambinatining Shimoliy kon boshqarmasi Obyeklarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo’limida uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.  Bunda NKMK DK OYXTTEMarkazidan mexmonlar,  Nafaqadagi faxriylar va yosh avlod vakillari ishtirok etdi. Davrani ShKB OYXTTEBo’lim boshlig’i  podpolkovnik A.H.Ortiqov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng nafaqadagi podpolkovnik I.R.Ergashev oldingi yong’in xavfsizligi xizmatining faoliyati haqida qisqacha to’xtalib o’tdi. NKMK DK OYXTTEM KBI va MMI bo’yich inspektor katta leytenant T.T.Tursunov so’zga chiqib, kelgusida tizimda rejalashtirilayotgan tadbirlar va harbiy xizmatchilarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi. Shundan so’ng yosh avlod vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va bir qancha yoshlar Favqulodda vaziyatlar Akademiyasiga o’qish istagi borligini va  tizimiga ishlash istagi borligini aytib o’tdi.     

 ShKB OYXTTEB inspektorlari Sanjar Baxodirov va Davron Asadov

O'qilgan: 336 bora