Print this page

Maktab oʻqituvchilariga qanday holatlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi?

        Maktabga boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishga kirdim. Oʻqituvchilarga qoʻshimcha haq toʻlanishi lozimligi haqida eshitib qoldim. Qaysi vazifasiga koʻra qoʻshimcha haq toʻlanadi?

         Maktab oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan:

- sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:

➖15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz;

➖16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz;

➖21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz;

➖26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz;

➖31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz;

      ?daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz.

      ?informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz.

        Bunda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.

O'qilgan: 311 bora