O‘zbekistonda tez orada Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida ish boshlaydigan ushbu sud O‘zbekiston sud-huquq tizimida alohida o‘ringa ega bo‘ladi.
Davlati rahbari sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida qator aniq takliflarni bildirdi.
Yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Sanoat zonalarini boshqarishda xususiy operatorlar, jumladan, yuqori malakali xorijiy kompaniyalarni faol jalb qilish amaliyoti kengaytiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddati bo‘yicha cheklovlar ham bekor qilinadi.
Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha, ya’ni ikki barobarga uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi.