Community Serve & Protect
Let's keep the streets safer! Join our community patrols now.
Uchquduq – sahrodagi bo‘ston!
Bugun qizilqum javohiri, sahrodagi bo‘ston deya e’tirof etilayotgan Uchquduq – bu yerda yashayotgan 37, 1 ming aholi, tinch - totuv, bahamjihatlikda yashayotgan 20 dan ortiq millat va elat vakillarining faxri g‘ururi! Shu bilan birga mamlakat kon metallurgiya sanoatining bayroqdori bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga beshik vazifasini o‘tagan – nurli zamin! Uchquduqni faqat oltinga boy hudud deganlar adashadi. Bu zamin nafaqat o‘zining oltini, chorvachilik mahsulotlari shu bilan birga mehnatkash, bag‘rikeng saxiy xalqi, iste’dodli va iqtidorli yoshlari, zabardast konchilari bilan ham yurtimizda o‘z mavqeiga ega. Aytish joizki, uchquduqliklarning kelajakka ishonch bilan dadil qadam tashlashlari, shijoat va g‘ayrat bilan mehnat qilishlari, kayfiyatu ruhiyatlarida sobitqadamlik namoyon bo‘lishini ko‘rib, Uchquduq tumani ahli yurt taraqqiyoti, el farovonligiga munosib ulush qo‘shib kelmoqdalar va bundan buyon ham shunday bo‘lib qolaveradi!
ABDIKARIMOV MOLDABEK
SAXIYEVICH
Qisqacha ma'lumot