LOTIN-КИРИЛЛ

Foto va video-radar ma’lumotlari 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, haydovchi jarimaga tortilmaydi

 

        Yangi qonun loyihasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqishni tugatish belgilanmoqda.

       Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Majlisda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

       Qonun loyihasi bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqishni tugatish belgilanmoqda.

        Bundan tashqari, loyihada kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari hamda individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped haydovchi, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi) boshqarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

        Shuningdek, MJtKning 171-moddasiga tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish belgilanmoqda.

         Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

O'qilgan: 63 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: