LOTIN-КИРИЛЛ

Savol bering, javob beramiz

Savol; Men yakka tartibdagi tadbirkorkorlik bilan shug‘ullanaman. Hozirda tadbirkorlik faoliyatimni vaqtincha to‘xtatib turmoqchiman. Birinchi savolim: YATT faoliyatini qancha vaqtgacha vaqtinchalik to‘xtatib turishim mumkin?
Ikkinchi savolim: boshqa bir YATT (mchj, firma) mening YATTimni bankdan olingan kreditini to‘lab berishi mumkinmi, bunga qonunlarimizda ruxsat berilganmi?

Javob; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik sub’yektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.
Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik sub’yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
Shuningdek, qonunchiligimizda (Fuqarolik kodeksi 322-moddasida) qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish degan amaliyot bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir to‘lovga layoqatli fuqaroga (yangi qarzdorga, yoki siz aytgan boshqa odamga) o‘tkazish mumkin.”

Uchquduq tuman adliya bo‘limi.

O'qilgan: 64 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: