LOTIN-КИРИЛЛ

Investisiya dasturi – amalda!

          Har bir sohada investision loyihalar ahamiyati yaqqol sezilmoqda. Buning natijasida ishlab chiqarish ko‘lami kengayib bormoqda. Shimoliy kon boshqarmasi “Kokpatas” va “Daugiztau” oltin konlarida ma’dan qazib olishning uchinchi navbati Investision loyihasi ham kombinat rivojiga qaratilgan istiqbolli loyihalardan biri hisoblanadi.

           Ayni paytda 3-gidrometallurgiya zavodida ushbu loyiha asosida 2 ta yangi tegirmon bloki barpo etilmoqda. Endilikda zavodda tegirmonlar soni 8 taga yetkazilishi hisobiga korxona quvvati ikki million tonna yoki 25 foizga ma’danni qayta ishlash hajmi esa 10 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

       - Zavodda yangi bloklarni ishga tushirish va ish quvvatini oshirish evaziga 2024 yilning o‘zida yarim  tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi 12 foizga ortishi kutilmoqda. Yaqin kelajakda esa flotatsiya, biooksidlash, filtrlash, quritish va kuydirish kabi syexlarni kengaytirish ham ko‘zda tutilgan, - deydi Shimoliy kon boshqarmasi bosh texnologi Oybek Ashurov. - Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish sur’atini yanada oshirishga turtki bo‘ldi.

          Quvonarli jihati, tegirmon bloklarini barpo etishga mo‘ljallangan aksariyat qurilish materiallari, jihoz va ehtiyot qismlar mahaliylashtirilgan. Zarafshon qurilish boshqarmasi, Navoiymashinasozlik zavodi va Shimoliy kon boshqarmasi bo‘linmalarida ishlab chiqarilayotganligi sababli tannnarxni arzonlashtirish imkonini beradi.

O'qilgan: 70 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: