LOTIN-КИРИЛЛ

SHIMOLIY KON BOSHQARMASINING "SHIFOKOR" KORXONASI  

Kon jihozlarini ta’mirlash syexi 62-yoshda

 Bugun O‘zbekiston import o‘rnini bosish mexanizmlarini yaratish uchun mahalliylashtirish va yirik mahalliy sanoat va kichik biznes sub’yektlari o‘rtasida hamkorlik zanjirlarini shakllantirish bo‘yicha allaqachon o‘z dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Mazkur strategiya har yili millionlab dollarni tejash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu yo‘nalishda  NKMK AJ yetakchilardan biri hisoblanadi

  Shimoliy kon boshqarmasi tarkibida Kon jihozlarini ta’mirlash syexi yordamchi ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsada, asosiy ishlab chiqarish uskunalarining muntazam ishlashi uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va uskunalarni ta’mirlab beradi.

Syexda 193 nafar ishchi-xodim  beshta asosiy ishlab chiqarish uchastkasida faoliyat olib boradi. Ular tomonidan  “NKMK” AJ va SHKB korxonalari ehtiyojlari uchun zaruriy ehtiyot qismlar, nostandart asbob-uskunalar, metall konstruksiyalar, yuk ko‘taruvchi moslamalar, rezina buyumlar hamda gazsimon kislorod va azot ishlab chiqariladi.  E’tiborlisi, SHKB bo‘linmalari orasida mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

 Mamlakat rahbarining  ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratishga doir qaroriga asosan 2022 yilda 65 mlrd. 461 mln. so‘m miqdoridagi  115 229 dona  jihozlar ta’mirlab berilgan bo‘lsa  mahalliylashtirish dasturiga binoan 1 mlrd. 610 mln. so‘mlik  mahsulot tayyorlandi. 2023 yida  esa syex tomonidan  3 mlrd. 561 mln. so‘m miqdoridagi loyiha dasturi ishlab chiqarishga  tadbiq etildi.

Shimoliy kon boshqarmasi  ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq va samarali foydalanish orqali butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, materiallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda import hajmini pasaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shu loyihalarga asosan joriy yilda Kon jihozlarini ta’mirlash syexida  26 turdagi 840 dona qiymati 9 mlrd. 974,8 mln. so‘mlik mahalliylashtirish, 21 turdagi, 594 dona  qiymati 2 mlrd. 446,3 mln. miqdoridagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar avvalo, kombinat bo‘linmalarining ehtiyojlariga qaratilgan. Ular respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan konchilik korxonalari uchun ham zarur. SHKB mutaxassislarining rasionalizatorlik taklifi  - kar’yer ekskavatorlarini shatakka olish qurilmasining  syex ishchi-xodimlari tomonidan tayyorlangani quvonarli, albatta. Bu qurilma kar’yer ekskavatorlarini ko‘chirishda juda ham samarali bo‘lib, texnikani ko‘chirish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatni sezilarli darajada qisqartirganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Kon jihozlarini ta’mirlash syexi jamoasi bu bilan cheklanib qolmay, SHKB korxonalari uchun ruxlangan metall o‘ramidan tom qoplamalari ishlab chiqarmoqda. Shuningdek syex jamoasi Daugiztau konida o‘rnatilgan davriy uzatish qurilmasi kompleksi uchun konveyerlar tayyorlab bermoqda.

Yaqinda 62 yilligini mehnatda yuksak natijalar bilan kutib olgan Kon jihozlarini ta’mirlash syexida yuqori talablarga javob beruvchi o‘z kasbining fidoyilari ishlaydi.

O'qilgan: 60 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: