LOTIN-КИРИЛЛ

TEXNIKALAR BILAN TILLASHAYOTGAN AYOLLAR

                Qimmatbaho metallar yoki buyumlarni ko‘rganingizda ko‘zni qamashtiruvchi o‘ziga xos jilo sizni bir zumda mahliyo etadi. Go‘zallik yaratish ortidagi ulkan ishlab chiqarish jarayoni va unda kechadigan mashaqqatli mehnatni esa tasavvur ham qilolmaysiz. Biroq, Shimoliy kon boshqarmasida mehnat qilayotgan 1300 nafarga yaqin opa-singillarimizning har biri qaysidir bir bo‘lim yoki bo‘linmada ishlab,  murakkab jarayonga ozmi-ko‘pmi o‘z hissasini qo‘shishadi.

Ana shunday ayollar faoliyati bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgan seminar-trening "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash" mavzusida o‘tkazildi. Shimoliy kon boshqarmasi ayollar Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda SHKB va "NKMK jamg‘armasi" DM “Uchquduq” hududiy boshqarmasida ishlaydigan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Shuningdek,  “NKMK” AJ ayollar kengashi raisi S.Nazarova, "NKMK jamg‘armasi" DM ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi  mutaxassisi J.Shuxratov, viloyat “Reabilitatsiya  va moslashtirish markazi” raisi N. Ermamatova, “Baxt qasri” NNT psixologi S.Arzikulova, viloyat hokimligi oila va xotin-qizlar boshqarmasi  bosh mutaxassisi  S.Isroilovalar qatnashdilar.

Seminar-trening ishtirokchilari  sanoat ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘inii hisoblangan “Sharqiy” koni va Avtomobil transporti boshqarmasida bo‘lib, bu yerda xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.  

Yirik korxonalarda eng birinchi qo‘yiladigan talab bu texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish  muhim. Shu bois,  “Sharqiy” konida boshlangan  sayohatning ilk suhbati ochiq maydonlarda va yirik texnikalar ish jarayonida kuzatuvchilar rioya etishi lozim bo‘lgan talablar haqida bo‘ldi. Shundan so‘ng, sayohatimiz kuzatuv maydoni bo‘ylab davom ettirildi. Konda aynan portlatish jarayoni amalga oshirilmagan bo‘lsada, portlatish ishlaridan qolgan izlar bir muddat 30 dan ortiq xotin-qizlarning hayratiga sabab bo‘ldi, deyish mumkin.

Albatta, nozik xilqat egalari bo‘lmish opa-singillarimizning ulkan tepaliklar bag‘ridagi faoliyati chindanda tahsinga sazovor. Yurtimizda yaratib berilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq, konda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarning ham mehnati qadrlanadi, buni ular faoliyat olib boradigan manzildagi sharoitlardan ham bilsa bo‘ladi.

“Sharqiy” konida ishlaydigan  Nilufar opaning geologiya sohasiga qiziqishiga  yoshlik orzulari ro‘yobiga sabab bo‘ldi. U qizi bilan bir vaqtda oliy ta’lim dargohiga talabalikka qabul qilindi va kunduzgi bo‘limda 5 yil tahsil oldi.

-Ha, talabalik bu sharaf ulkan baxt, lekin shunday vaqtda seni ota-onang singari qo‘llab turadigan turmush o‘rtog‘ing bo‘lishi ikki karra baxt, - deydi Nilufar opa. –Bugun oilam, turmush o‘rtog‘im, yaqinlarim va jamoadoshlarim qo‘llovi bilan orzulaganim  geolog mutaxassisligini egalladim.

“Sharqiy” konida Nilufar Qodirova kabi hayotidan mamnun xotin-qizlar talaygina, bugun ular el ardog‘ida.

Keyingi manzil sari yo‘l olarkanmiz avtobusda borayotgan xotin-qizlarning suhbat mavzusi o‘zgarganligini bilish mumkin. Seminar-trening ishtirokchilari endi o‘ziga ishonchi ortgan ayollar shijoati sabab jarayonga hissasi qo‘shilayotgan opa-singillarga havas bilan  ular haqida iliq fikrlar bildirishmoqda.

                Yurtimizda xotin-qizlar ko‘proq ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritishiga ko‘nikib qolganmiz. Ammo qanchalik noodatiy tuyulmasin, bugunga kelib ularni asosan erkaklar ishlaydigan sohalarda ham uchratamiz. Avtomobil transport boshqarmasida ham yirik texnikalarni ko‘rib,  bu yerda ayollar  qaysi jabhada band ekan, degan fikr o‘tdi ko‘pchilikning ko‘nglidan.

Balandlikdan qo‘rqmaydigan 6-7 metr balandlikdagi osma kranlarni yengil mashina kabi boshqarayotgan Maftuna Ataniyazova birdan mehmonlarning e’tiboriga tushdi. Mittigina jussasi bilan bu sohaga qiziqqani uchun o‘qib, malaka oshirgan Maftuna 16 tonnalik kranni mohirlik bilan boshqaradi.

-4 yildan buyon ishlayman, - deya suhbatga qo‘shiladi Maftuna. - Uyimdagilar meni ayab, bu ish senga og‘irlik qiladi, degan paytlari ham ko‘p bo‘lgan. Lekin turmush o‘rtog‘imning daldasi va qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘zimga bo‘lgan  ishonchim yanada ortdi. Shuni angladimki, qiziqish va intilish bo‘lsa har qanday sohaning ustasi bo‘lish mumkin.

Temir mashinalarni mohirlik bilan boshqarayotgan kranchi va yirik avtomobillar atrofida faoliyat olib borayotgan ayollarni ko‘rib, xohish va harakat bo‘lsa har qanday kasb ham jins tanlamas ekanligiga ishondik. Seminar bahonasida yurtimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shayotgan ayollarning ish jarayonlariga guvoh  bo‘larkanmiz ayollar jamiyatning yetakchi kuchi ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik.  Har jabhada faol va fidoyi, o‘ziga ishongan opa-singillarimiz safi ortaversin!

Dilafro‘z Halimova

SHKB ayollar kengashi raisi.

O'qilgan: 92 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: