LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

04 Apr 2024

Xalk Bank sodir bo‘lgan voqeaning sababini tushuntirdi va har bir kishining pensiyasi 5 aprelgacha hisoblanishini bildirdi.

Unga ko‘ra, Xalq banki tizimida pensiya mablag‘larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ba’zi pensionerlarning bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar "bekor qilingan" holati yuzaga kelgan

02 Apr 2024

       Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.

        Xalq ta’limi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida»gi nizomnga ko‘ra, bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.

        Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldirilishi mumkin.

01 Apr 2024

ERR UNICEF bilan birgalikda Oʻzbekistondagi bolalarning monetar kambagʻalligi darajasini baholadi, deb xabar berdi “Iqtisodiy sharh” jurnali.

Mazkur tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambagʻallik darajasiga taʼsiri tahlil qilingan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda uch yil ichida bolalar kambagʻalligi 7,8 foizga kamaygan. Yaʼni, natijalar bolalar kambagʻalligi darajasi 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizgacha kamayganini koʻrsatmoqda.

Taqsimlanganda, qishloq joylarda bolalarning kambagʻallik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizga, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizga pasaygan.

Shuningdek, tadqiqotda respublika kesimida qaysi hududlarda bolalar kambagʻalligi darajasi past yoki yuqoriligi ochiqlangan. Jumladan, bu boʻyicha eng past koʻrsatgich Navoiy viloyati va Toshkent shahrida kuzatilgan. Boshqa joylarga qaraganda foizi nisbatan yuqori hududlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ekanligi aniqlandi.

Taʼkidlanishicha, agar ijtimoiy nafaqalar boʻlmasa, mamlakatda bolalar kambagʻalligi darajasi 1,6 baravar oshar ekan.

Xulosaga koʻra, daromad yetarli boʻlmagan taqdirda, daromadlar kambagʻallik chegarasidan past boʻlsa, ijtimoiy oʻtkazmalarning yetishmasligi kambagʻallik darajasini 11 foizdan 20,8 foizgacha, bolalar kambagʻalligini – 13,7 foizdan 21,8 foizgacha va kambagʻal pensionerlar ulushini – 7,3 foizdan 31,4 foizgacha oshiradi.

01 Apr 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

01 Apr 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun non mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

01 Apr 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun go'sht mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

31 Mar 2024

Turkman qoraqulog'i-Caracal caracal spp. michaelis- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog'i hududining Kupit bo'limiga o'rnatilgan fotoqopqonlardan birining o'ljasiga aylangan. Qoraquloq-mushuksimonlar oilasiga mansub bo'lib, mustahkam tuzilishi, uzun oyoqlari, kichkina yuzi, uzun quloqlari va uzun tishlari bilan ajralib turadi. Uning yungi bir xilda qizgʻish yoki sargʻish, qorin boʻshligʻida kichik qizgʻish dogʻlari bor. Qoraquloqlarning ogʻirligi taxmin 8 kgdan 21 kg ni tashkil qiladi. Tanasining oʻlchami esa 65 sm dan 82 sm gacha yetadi. Odatda tunda, qoraquloqni kuzatish qiyin. Qoraquloqlar hududlarini boʻlib olishadi va asosan yolgʻiz yoki juft boʻlib yashaydi. Qoraquloqning erkagi ham urgʻochisi ham bir yoshga toʻlganida balogʻatga yetadi, yil davomida koʻpayadi. Homiladorlik ikki oydan uch oygacha davom etadi, ular bittadan oltitagacha mushukchalar bolalashi mumkin.

29 Mar 2024

 

      Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agenligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalarini e’lon qildi.

2023-yil yakuni bo‘yicha natijalarda 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” (81−100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” (55−80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” (55 balldan past) deya ajratildi.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

“Natijalarning xolisligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bo‘lgan reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirilib, ular tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining baholash natijalari mustaqil va xolis ko‘rib chiqildi va xulosalar taqdim qilindi. Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmagani, jumladan, faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanmagani, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va xaridlar jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va aniqlash bilan bog‘liq choralar amalga oshirilmagani, korrupsiya haqida xabar berish bo‘yicha aloqa kanallarining yo‘lga qo‘yilmagani, ushbu yo‘nalishdagi hujjatlar ijro etilmagani va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmagani sabab bo‘lgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

Masalan, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholandi. Andijon viloyati hokimligi tomonidan esa korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi shtat birligi xodim bilan jamlanmagan.

 

Baholash natijalariga ko‘ra, “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim masalalarga e’tiborsizlik bilan qaralgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlar to‘g‘ri baholanmagani oqibatida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari manzilli ishlab chiqilmagan va ijrosi to‘g‘ri tashkil etilmagan, xodimlarni korrupsiyaga qarshi o‘qitish va ularda murosasiz munosabatni shakllantirishda yetarli ishlar amalga oshirilmagani, belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligi kuzatilgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

Baholash natijalariga ko‘ra “yaxshi” deb topilgan 42 ta davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, natijalariga asosan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular samarali amalga oshirib kelingan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish, turli tanlovlar jarayonida korrupsiya omilini istisno qilish, xodimlar va aholini korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalashga oid tizimli choralar ko‘rilgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiMarkaziy bank„O‘zkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyatida birinchi rahbarlarning irodasi namoyon qilinib, xodimlar va keng jamoatchilik bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgan”, — deya qayd etgan agentlik.

Reyting baholash tizimi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarni samarali monitoring qilish bilan birga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda tashkilot rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish imkonini bergani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, baholash yakunlari bo‘yicha “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi. “Qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi.

“Qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida eshitib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil yakunlari bo‘yicha reytingda Suv xo‘jaligi hamda Energetika vazirliklari, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini “qoniqarsiz” deb baholangandi. Eng yaxshi natijani Davlat soliq qo‘mitasi qayd etgan.

29 Mar 2024

       Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni viloyat aholisiga yetkazish, ularning bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining subsidiya mablag‘lari asosida faoliyat olib boruvchi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan,
Bugun Uchquduq tumanida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Navoiy viloyat bo‘linmasi tashabbusi bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda “Islohotlar – inson qadri uchun” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatidan asosiy maqsad – mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni aholining keng qatlamiga tushuntirish va «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy sherikligi masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
      Tadbirda Navoiy viloyatining davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari Kotibiyati mudirlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, DJTQM Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari, mahalliy kengash deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda OAVlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda so‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
     Ma’ruzachilar tomonidan xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekiston -2030 strategiyasi” ning bandlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.
     Tadbirda Strategiyada barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ikkinchi yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarini yangi bosqichga olib chiqish borasida ilgari surilgan tashabbuslar haqida muzokaralar olib borildi.
    Tadbir yakunida ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, viloyatimizda inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

29 Mar 2024

    Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kredit ajratiladi. OTMda oʻqishi, kontraktini toʻlashi uchun ham qator yengilliklar berilgan. Quyida qonunchilikda xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyozlar haqida maʼlumot beriladi.

1. Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit beriladi

   Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan 3-yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha kreditlar ajratiladi

2. OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

   Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi

3. “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarga 10 dan ortiq yordam koʻrsatiladi

    Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha miqdorda kredit ajratiladi

4. Kasb-hunar oʻqish xarajatlari qoplab beriladi

Xotin-qizlar nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqiganda qilgan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi

5. Faol xotin-qizlarga “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni beriladi

Qonunchilikka koʻra, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan boʻlib, mazkur koʻkrak nishoni bilan:

– jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan;

– oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan;

– sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadi.

6. Davlat xizmatiga kirishda xotin-qizlar uchun teng sharoit yaratiladi

Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi taʼminlanishi kerak.

Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning maʼlumoti va kasbiy tayyorgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, balki davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi

7. Homiladorligi sababli ishga qabul qilmaslik javobgarlikka sabab boʻladi

Homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bogʻliq sabablarga koʻra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq toʻlash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Bundan tashqari xotin-qizlarga mehnat qilish bilan bogʻliq 10 dan ortiq imtiyozlar belgilangan.

8. Gender tenglikka oid ishlarda ayollar bepul advokat bilan taʼminladi

Erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanadi

9. Bakalavr bosqichida oʻqiyotgan ayrim xotin-qizlar kontraktini toʻlab beriladi

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan xotin-qizlar davlat OTMlari bakalavr bosqichida kontrakt asosida oʻqiganida ularning kontrakt toʻlovlari hokimliklar tomonidan toʻlab beriladi

10. Magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlar kontrakti toʻlab beriladi

Davlat OTMlarida oʻqiyotgan xotin-qizlar uchun magistratura bosqichiga kontraktning toʻliq summasi byudjetdan qoplab beriladi. Buning uchun har yili xotin-qizlar rektor nomiga 15-sentyabrgacha ariza berishi kerak.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: