LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

24 Apr 2024

Savol; Men yakka tartibdagi tadbirkorkorlik bilan shug‘ullanaman. Hozirda tadbirkorlik faoliyatimni vaqtincha to‘xtatib turmoqchiman. Birinchi savolim: YATT faoliyatini qancha vaqtgacha vaqtinchalik to‘xtatib turishim mumkin?
Ikkinchi savolim: boshqa bir YATT (mchj, firma) mening YATTimni bankdan olingan kreditini to‘lab berishi mumkinmi, bunga qonunlarimizda ruxsat berilganmi?

Javob; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik sub’yektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.
Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik sub’yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
Shuningdek, qonunchiligimizda (Fuqarolik kodeksi 322-moddasida) qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish degan amaliyot bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir to‘lovga layoqatli fuqaroga (yangi qarzdorga, yoki siz aytgan boshqa odamga) o‘tkazish mumkin.”

Uchquduq tuman adliya bo‘limi.

23 Apr 2024

 

        Yangi qonun loyihasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqishni tugatish belgilanmoqda.

       Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Majlisda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

       Qonun loyihasi bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqishni tugatish belgilanmoqda.

        Bundan tashqari, loyihada kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari hamda individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped haydovchi, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi) boshqarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

        Shuningdek, MJtKning 171-moddasiga tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish belgilanmoqda.

         Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

22 Apr 2024
 

Kasallikni turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Ushbu mikroorganizmlar iliq-issiq sharoitlarda tez koʻpayishi sababli  kasalliklar asosan  kech bahor, yoz va kuz mavsumlarida koʻproq uchraydi.

Kasallikning yuqish yoʻllari va keltirib. chiqaruvchi omillari:

- havo harorati yuqori boʻlgan vaqtlarda insonlarning qaynatilmagan suvni ichish;

- yaxshi saqlanmagan va uzoq muddat turib qolgan ovqatlarni isteʼmol qilish;

-hoʻl mevalar va qovun-tarvuzlarni yuvmasdan isteʼmol qilish;

- ushbu kasallik bilan ogʻrigan bemor bilan muloqotda boʻlganda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik;

- belgilanmagan ochiq suv havzalarida (ariqlar, favvoralar, kanallar, daryolar va h.k.) choʻmilgan paytlarda suv bilan mikroblarning organizmga tushishi;

-bolalarga beriladigan qoʻshimcha ovqatlarni tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiena qoidalari hamda saqlash sharoitlariga rioya qilmaslik;

- kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tashuvchi pashshalarning koʻpayishi.

Kasallik alomatlari:

•  umumiy holsizlik,  •  qayt qilish,•  qorin sohasida ogʻriq boʻlishi,  •  ich ketishi,•  ishtaxasizlik,  •  tananing suvsizlanishi,•  koʻngil aynishi,  •  talvasalanish.

Koʻriladigan choralar:

kasallikning ilk belgilari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Profilaktik tadbirlar:  

suvni qaynatilgan holda ichish;   ozodalikka rioya qilish, ayniqsa qoʻllarni ovqatdan oldin va hojatdan keyin sovunlab yuvish;  

uyda va jamoat joylarda shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish;  

barcha turdagi hoʻl mevalar va poliz mahsulotlarini yuvib isteʼmol qilish;    yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlar hamda har xil turdagi  salatlarni isteʼmol qilmaslik;  

suv havzalarida choʻmilganda suvlarni tozaligiga va choʻmilish jarayonida suv yutmaslikka eʼtibor berish;   sovutgichlarni toza tutish, undagi mahsulatlarni oʻz vaqtida isteʼmol qilinishi va yangilab turilishiga eʼtiborli boʻlish;  

hoʻl mevalar hamda poliz mahsulotlarini isteʼmol qilinganidan soʻng qaynatilmagan suv ichmaslik, yogʻli ovqatlar bilan birga isteʼmol qilmaslik;  

 

Ismoilova Durdona Iqbol qizi

22 Apr 2024

        Joriy yilning 19 aprel  kuni  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenova hamda O‘zLiDeP viloyat  Kengashi hududiy partiya tashkiloti raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Muhammad Eshniyozov Uchquduq tuman hokimligida bo‘lib, tashkilot rahbarlariga qonunchilikdagi yangiliklar, qonunga kiritilayotgan yangi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berib, tumandagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etdi.
         Shuningdek, mehmonlar tumandagi 18 umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchilar va aholi bilan qonunchilikdagi yangiliklar hamda fuqarolar muammolari yuzasilan uchrashuv olib bordilar
Shundan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenova hamda O‘zLiDeP viloyat Kengashi hududiy partiya tashkiloti raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Muhammad Eshniyozov tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.
         Jumladan, Tog‘aynazarova Ra’no Aslonovnaning xonadoniga tashrif buyurdilar. Suhbat davomida Tog‘aynazarova Ra’no Aslonovna bir necha yillardan buyon yotoqda qolganligini “Ayollar daftariga” kiritilib 20 700 000 (yigirma million yetti yuzming)so‘m mablag‘ Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli poliklenikasiga ko‘chirib berilgan va oyog‘ida Operatsiya amaliyoti olib borilgandan so‘ng yura boshlaganligini, qo‘llari doimo duoda ekanligini aytib, Prezidentimizning olib borayotgan islohotlaridan minnatdor ekanligini bildirdi.
Jumladan, fuqaro Yorqulova Dilnavoz Baxtiyorovna xonadonida bo‘lib, “Ayollar daftariga” kiritilgan va Ayollar daftari jamg‘armasi orqali 13 700 000 (o‘n uch million yetti yuzming)so‘m mablag‘ to‘lab berilgan, bir yil davomida yotoqda bo‘lib qolgan 1-guruh nogironi bo‘lgan farzandi Ibodullayeva Moxinur Erkinovnaning boshida Operatsiya amaliyoti olib borilganligi to‘g‘risida fuqaro aytib o‘tdi hamda ko‘ziga quvonch yoshlari keldi.
       M.Ibodullayeva 1-guruh nogironligidan sog‘ayib 2-guruhga o‘tkazilganligini va sportning paurlifting turi bilan shug‘ullanib, Xalqaro miqyosda yuksak o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayotganligini ta’kidlab, Prezidentimizning olib borayotgan islohotlaridan minnatdorligini izhor etdi.

22 Apr 2024

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Foto: Vazirlar Mahkamasi

Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Insonparvarlik yordami yukini O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib beradi.

 

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.

20 Apr 2024

Учқудуқ тумани марказидаги “Нуронийлар” масканида ўтказилаётган навбатдаги сайёр қабулида туман ҳокими Хамроев Соли Фармонович, корхона-ташкилотлар раҳбарлари ва кадрлар бўлими мутасаддилари иштирок этмоқда.

Сайёр қабулда асосан ёшлар бандлик, касбга ўқитиш масалаларида келишган. Шунингдек, аҳолининг кундалик турмуши, соғлиги билан боғлиқ ўнлаб мурожаатлари тингланиб, уларда кўтарилган масалаларни ҳал этиш юзасидан тегишли чора тадбирлар белгиланди.

Жумладан, Файзулло Мамажонов, Равшан Ғиёсов, Беҳруз Наврўзов, Умрзоқ Сайдуллаевлар иш сўраб мурожаат қилишган. Уларнинг бандлигини таъминлаш юзасидан тегишли корхона-ташкилотлар кадрлар бўлими раҳбарлари билан маслаҳатлашган ҳолда, касбга қайта ўқитиш, мавсумий ишга жойлаштириш, мутахассислиги бўйича иккинчи чоракда очиладиган бўш иш ўринларига квота асосида ишга жойлаштириладиган бўлди.

Айни дақиқаларда сайёр қабул давом этмоқда.

УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

19 Apr 2024

Савол: Суд даъво аризамизни судгача тартибда кўрмагансан деб аризани қайтарди нима қилишим керак?

Бир тадбиркор мурожаатчимиз шундай мурожаат қилган.

Жавоб: Низони судгача ҳал қилиш нима? Сиз бирор бир фирма ёки корхона билан шартнома имзолаётганингизда агар шартнома юзасидан низо келиб чиқадиган бўлса аввал уни судгача ҳал қилишингиз ҳақида келишасиз. Кўпинча тадбиркорлар шу судгача ҳал қилиш босқичидан ўтмай иқтисодий судга даъво ариза билан мурожаат қилишади. Натижада суд уларнинг аризасини кўрмасдан қолдиради. Иқтисодий процессуал кодекснинг 107-моддасида даъвогар низони судгача ҳал қилиш (талабнома юбориш) тартибига риоя этмаган бўлса, башарти бу шу тоифадаги низолар учун қонунда ёки тарафлар шартномасида назарда тутилган бўлса суд аризани кўрмасдан қолдириши белгилаган. Демак бу ерда суднинг чиқарган ажрими қонуний.

Низони судгача ҳал қилиш жавобгарга талабнома юбориш орқали амалга оширилиши мумкин. Бунда ҳуқуқлари ва қонуний манфаатлари бузилган хўжалик юритувчи субъект мазкур ҳуқуқ ва манфаатларни бузган хўжалик юритувчи субъектга нисбатан талабнома билдиришга ҳақлидир. (Хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятининг шартномавий-ҳуқуқий базаси тўғрисида қонуннинг 17-моддаси)

Талабномада қуйидагилар кўрсатилиши керак:

- шартнома томонларининг номи;

- талабнома билдирилган сана ва унинг рақами;

- талабнома билдириш учун асос бўлган ҳолатлар;

- талабномада баён этилган ҳолатларни тасдиқловчи далиллар;

- арз қилувчининг талаблари;

- қарзнинг суммаси ва унинг ҳисоб-китоби, арз қилувчининг тўлов ва почта реквизитлари;

- талабномага илова қилинаётган ҳужжатларнинг рўйхати.

Иккинчи томон талабномани олгандан сўнг 15 кун ичида Сизга жавоб бериши лозим. Талабномага ўз вақтида жавоб берилмаса ёки бажарилиши рад этилса, сиз даъво билан судга мурожаат қилишингиз мумкин.

Шу сабабли сиз бу вазиятда жавобгарга талабнома юбориб, жавобгар томонидан 15 кун ичида жавоб бўлмаган тақдирда судга мурожаат қилишингиз лозим шунда суд сизнинг аризангизни иш юритувига қабул қилади.

 

Учқудуқ туман адлия бўлими.

19 Apr 2024

        “Uchquduq” madaniyat saroyida "Hamshira-2024" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Aholining reproduktiv salomatligini saqlash, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, hamshiralarning bilim darajasi va ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida 5 nafar o‘rta tibbiyot xodimi 4 ta shart bo‘yicha bellashdi.
- Hamshiralik ishi keng qamrovli jarayon bo‘lib, tibbiyotning biror yo‘nalishini bu mutaxassis faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, - deydi Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Xurshid Shukurov. - Ayniqsa, shoshilinch tibbiy xizmat, reanimatsiya, operatsiya bloklarida malakali hamshiraning bilim, mahorati, tajribasi, o‘z kasbiga sadoqati bemorni sog‘lom hayotga qaytarishda muhim omildir. Tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan 500 nafardan ortiq sharafli va mas’uliyatli kasb sohibalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. "Hamshira-2024" tanlovi shunday muhim loyihalardan biri.
        Tanlovda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyati hamda unda hamshiralarning o‘rni va vazifasi bo‘yicha nazariy bilimlar ham sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy brigada patronaj hamshirasi Zuhra Ortiqova, ikkinchi o‘rinni jarrohlik bo‘limi hamshirasi Shahlo Rizaqulova va uchinchi o‘rinni shoshilinch qabul bo‘limi hamshirasi Saxoba Yuldosheva qo‘lga kiritdi.
          - Tanlov men uchun juda ahamiyatli bo‘ldi, - deydi Zuhra Ortiqova. - Endi yanada yaxshi tayyorlanib, viloyat bosqichida ham eng yuqori natijaga erishish uchun astoydil harakat qilaman.
Tadbir so‘ngida ko‘rik-tanlovning barcha ishtirokchilariga Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Hamshira-2024” ko‘rik-tanlovda “Uchquduq” madaniyat saroyi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga ko‘tarinkilik ulashdi.

Feruza DONIYOROVA,
Uchquduq TTB hamshirasi.

19 Apr 2024

       Йилдан йилга автотранспорт воситаларининг сони ортиб бориши инсонлар турмуш тарзининг яхшиланиши ва автомобилсозлик саноатининг ривожланишининг  бир белгиси бўлса, иккинчи томондан автомобилларда ёқилғи ёқилиши  билан ажралиб чиқувчи чиқинди газлари миқдорининг ошиши  билан атроф муҳитга салбий таъсирнинг кўпайишига олиб келиши хозирги кунда ҳеч кимга сир эмас.

        Хозирги кунда атмосфера ҳавосига ташланадиган жами ташламаларнинг  60-70 фоизи транспорт воситаларининг  чиқинди газлари миқдорига тўғри келади.

Автотранспорт воситаларининг чиқинди газлари таркибида   углерод, азот, олтингургут оксидлари, альдегидлар, тетраэтилсвинец, бенз(а)пирен ва бошка зарарли моддалардан иборат. Бу зарарли моддалар эса атмосфера ҳавосидан фойдаланувчилар яъни, нафас оладиган тирик организмларга, энг асосийси инсон саломатлигига салбий таъсир кўрсатиб, организмда турли касалликларни келтириб чиқаради. Жумладан, нафас йўллари, қон-томир хасталикларининг кучайишига, тўқималар фаолиятининг бузилишига, тери, ошқозон-ичак ва кўз хасталикларининг кўпайишига сабаб бўлади.

         Автотранспорт воситаларининг двигателларидан чиқаётган чиқинди газларни атмосфера ҳавосига ташланишини  камайтириш  мақсадида Республика миқёсида ҳар йили икки босқичда  «Тоза ҳаво» тадбирлари мунтазам ўтказилиб келинмоқда. Жумладан, «Тоза ҳаво» тадбирларини Навоий вилоятида самарали ҳамда оммавий тарзда ўтказилишини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг 2024 йил 29 мартдаги №24/3-2960-сонли ҳамда Ўзбекистон Республикаси Экология атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлигининг 2024 йил 20 мартдаги №4-сонли қўшма кўрсатмаси, Навоий вилояти ҳокимининг 2024 йил 17-апрелдаги 44-5-0-F/24-сонли фармойиши, ҳамда вилоят экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқарма бошлиғининг 2024 йил 8-апрелдаги №57-сонли буйруғи чиқарилди.

       Фармойишга асосан вилоят табиатни муҳофаза қилиш қўмитаси,   йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси, Давлат Санитария Эпидемиологик осайишталик ва жамоат саломатлиги хизмати, Транспорт бошқармаси ва Ўзнефтегазинспекция Навоий бўлими  раҳбарларидан ташкил топган  ташкилий ишчи гуруҳи ташкил этилди.

       Ишчи гуруҳи томонидан тадбирни самарали ҳамда оммавий тарзда ўтказилишини таъминлаш мақсадида  қўшма тадбир ишлаб чиқилди. Вилоятнинг серқатнов автомагистралларида 10 та экологик постлар ташкил қилиниб, тадбирнинг 1-2-босқичи давомида  25 000 та автотранспорт воситаларининг чиқинди газлари миқдорини улчаш иш режаси ишлаб чиқилди. Иш режага асосан барча постларга малакали ходимлар ҳамда тутун ўлчов воситалари билан таъминланди.

   «Тоза ҳаво» тадбирини ўтказиш давомида, аҳоли ва жамоатга унинг аҳамияти, мазмун-моҳияти, ҳаво мусаффолигини таъминлашда автомобил  эгаларининг бурч ва маъсулиятлари хусусида ҳайдовчилар, корхона ва  ташкилот раҳбарлари ўртасида тушунтириш, тарғибот ва ташвиқот ишлари кенг миқёсда олиб борилмоқда.

18 Apr 2024

     Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi

     Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi: 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigi;

2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining “bazaviy me’yorlari”.

2024 yil 1 maygacha yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste’mol xarajatlari qiymati qayta ko‘rib chiqiladi.

Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensasiya joriy etiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

Yagona reestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar.

Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensasiya turlari taqdim etiladi:

noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi;

elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensasiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha

Page 7 of 249

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: