LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

13 May 2024

Bugun yonginamizda yashab kelayotgan afg‘on urushi qatnashchilarini qadrlash, urushda halok bo‘lganlar xotirasini yod etish har birimizning insoniylik burchimizdir. Afg‘onistondan sobiq ittifoq qo‘shinlari olib chiqilganiga 35 yildan oshdi. Lekin, mash’um urushda jigarbandidan ayrilgan onalarning ko‘z yoshlari hali qurib bitmadi...

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘on urushida 65 ming nafar o‘zbek yigiti qatnashib, 1500 nafardan ko‘prog‘i halok bo‘lgan. Ularning aksari 18-19 yoshda edi…

Abdiyev Sharif Abdulloyevichning ham ayni yigitlik chog‘lari Afg‘on urushi yillariga to‘g‘ri kelgan edi. O‘shanda u endigina 18 yoshni qarshilagan bo‘lishiga qaramasdan Buxoro texnologiyalar institutining birinchi bosiqichini tamomlashi bilan, o‘z tengqurlari qatori safida Afg‘on urushida ishtirok etdi. Garchi haydovchi sifatida jangga safarbar etilgan bo‘lsada, urush maydoni kasb tanlamasligini uning dahshati hech kimga yon bosmasligini ko‘zida nam qalbida o‘kinch bilan eslaydi. O‘zi kabi tengdoshlari va safdoshlarining ko‘z o‘ngida nobud bo‘lishini ko‘rish dahshatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidlaydi, qahramonimiz.

— Shu kunlarga yetkazganiga shukr, Prezidentimizning biz faxriylarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiboridan xursandmiz. Ilohim, insoniyat boshiga urush hech qachon qaytmasin, biz ko‘rgan u kunlarni boshqa hech kim ko‘rmasin. Yurtimizdagi tinchlikka, xalqimiz farovonligiga, yoshlarimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlarga ko‘z tegmasin, — deydi Sharif aka Abdiyev.

Bugungi kunda ikki farzandning otasi ikki nafar shirindan shakar nevaralar qurshovida bo‘lgan Sharif aka hali tetik Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli markaziy fizika va kimyo laboratoriyasida maydalash syexi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. 

Har tong duoga ochilgan qo‘llar yurtimiz tinchligini so‘rar ekan, duogo‘y nuroniylarimiz salomat, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!.

Feruza YANDASHOVA, maxsus muxbirimiz.

13 May 2024

   

        Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek,nimani o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaylik,qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik,barcha oliyjanob harakatlarimizning negizida,barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizning ham jismonan,ham ma’nan jihatdan sog’lom qilib o’stirish,ularning baxt-u saodatini, farovon kelajagini ko’rish,dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.Haqiqatdan ham,mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyasiga faqat ta’lim,sport yoki tibbiyot sohasining masalasi deb emas,balki barcha soha va tarmoqlar faoliyatini majmuali tarzda safarbar etishni taqoza etadigan ko’p qirrali vazifa sifatida qaralmoqda.Umuman,ijtimoiy yo’nalishda qabul qilingan barcha dasturlardan tortib,jamiyat hayotidagi nufuzini oshirishga ko’maklashadigan chora-tadbirlarning zamirida yagona maqsad,ya’ni yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi turadi.Jumladan, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 19-martdagi 02-1011-sonli videoseliktor yig’ilishida berilgan topshiriqlariga asosan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbuslarning ikkinchi tashabbusi bo’yicha hozirgi kunga qadar  Uchquduq tuman Xalq Ta’limiga qarashli 10-umumiy o`rta ta’lim maktabida turli sport musobaqalari tashkil qilinib g`olib o`quvchilar tuman  musobaqalariga  saralab olinib borilmoqda.Misol uchun Stol tennisi,shashka,shaxmat,yengil atletika,futbol sport turi bo`yicha o'quvchilar faol eshtirok etib kelmoqda.Maktabning 9-sinf o`quvchisi Xursanova Nodira shashka sport turidan viloyatda 3-o'rinni,yengil atletikadan Raxmatullayeva Shaxrizoda 3-o'rin,shaxmat turidan Bobaqandova Marg'uba ham 3- o'rinni egallab  viloyat bosqichida go`liblikni qo`lga kiritib qaytishdi.Joriy yilning 21-fevral kuni maktab o`quvchilari o`rtasida stol tennisi sport turidan maktab birinchiligi musobaqasi tashkil qilindi. Musoboqada o'g'il bolalar o'rtasida faxrli 1-o'rinni Shoniyozov Temur,2-o'rin G'apporov Sohibk,3-o'rin Baxodirov Odil,qiz bolalar o'rtasida 1-o'rin Hoshimova Marjona,2-o‘rinni Jalolova Jasmina,3-o`rinni  Baxtiyorova Munisalar egalladi.Tumanimizda sportga bo’lgan e’tibor ahamiyatlidir,jumladan haftaning har shanba kuni “Lochin” sport majmuasi maydonida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazilib kelinmoqda.Bunday mashg’ulotlar sog’liqni mustahkamlash bilan birga kishiga tetiklik hadya etadi.Sport farzandlarimizni xarakterini toblaydi,qalbida o`z xalqi,yurti bilan faxrlanish tuyg`ularini shakillantiradi.Zero,g`urur,faxr iftixor inson uchun o`z maqsadlariga erishishida madad bo`ladi.Maqsadimiz o`sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy sog`lom bo`lib voyaga yetishi,ularga sog`lom turmush tarziga intilish va sportga mexr-muhabbatni singdirish,jismoniy komillikka intilishda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyatga ega ekanligidir.

     

  Uchquduq tuman 10-sonli maktabning   jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi                   

                                  Hakimova Ra'no Ismoilovna.

13 May 2024

 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida jismoniy tarbiyaning o‘rni va ularda jismoniy sifatlarni shakllantirish, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash to‘g‘risida so‘z boradi.

Kalit so’zlar: Jismoniy tarbiya, sport, jismoniy sifatlar, dars, ta‘lim, sog’lom turmush tarzi

Bugungi kunda, jismoniy tarbiya va sport dunyo hamjamiyatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda. Yosh avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati beqiyos. Xususan boshlang’ich sinf o’quvchilarning jismoniy tarbiyasida ham sport katta o'rinni egallaydi. Sport jismoniy tarbiya vositasi sifatida bolalarning sog'ligini mustahkamlaydi. Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va metodik ta’minotini kuchaytirish, o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jozibadorligini oshirib, ta’lim oluvchilarning unga bo‘lgan qiziqishi va e’tiborini yanada kuchaytirishga zamin yaratmoqda.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020-yil 24-yanvar PF-5924-son O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora- tadbirlari to’g’risida Farmoni, 2019 -yil 13-fevral 118-son 2019–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi hamda 2018-yil 14 avgustdagi PQ-3907- sonli ―Yoshlarni ma’naviy- ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorlari ayni kunda izchillik bilan hayotga tadbiq etilib kelinayotganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shu o’rinda jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarining o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tish lozim.

Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifodalash uchun uzoq vaqt “jismoniy(harakatlantiruvchi)sifatlar” degan atama qo’llanilgan. Jismoniy tarbiya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlari “kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan” degan iboralarda o’z aksini topgan. O’quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirishda jismoniy tarbiya darslarining va shu jumladan sinfdan tashqari ishlar, musobaqalar yetakchi rol o’ynashi barchamizga ma’lum.

Yuqorida tilga olingan sifatlardan kelib chiqqan holda jismoniy sifatlarni  quyidagicha sinflarga ajratishimiz mumkin:

1.Kuch. Odamning kuchi deb - tashqi qarshilikni yengib o’tishiga yoki tashqi kuchlarga qarshi turishiga yoki foydali harakatni bajara olish qobiliyatiga aytiladi.

 2.Tezkorlik. Tezkorlik insonning tashqi ta’sirlarga bir zumda javob qaytarish hamda tez harakatlar bajara olish qobiliyatidir. Sport amaliyotida tezkorlik tezlik-kuch sifatlarining o‘ziga xos shakllarida namoyon bo‘ladi.

3.Chaqqonlik. Harakatlarning koordinastiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o’lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga moyil bo’lsa, harakat yetarli darajada aniq bo’ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o’lchovidir.

  1. Egiluvchanlik.Egiluvchanlik bo’g’imlar harakatchanligi darajasini ko’rsatadi. Harakatchanlikning miqdoriy ifodasi – harakat amplitudasi. Egiluvchanlik uloqtirishda, ayrim sakrash turlarida, gimnastika hamda akrobatika mashqlarida, yangi harakat shakllarini yanada samarali egallashda shiddat natijalarining ko’tarilishiga ko’maklashadi.
  2. Chidamlilik.Chidamlilik - insonning biron harakat faoliyatini uzoq vaqt davomida uning samarasini pasaytirmasdan bajarish qobiliyati. Ishning davomiyligi oxir-oqibat charchash bilan chegaralanganligi munosabati bilan chidamlilikni organizmning charchashga bardosh berish imkoniyati deb ham ifodalash mumkin.

Jismoniy sifatlar faoliyat chog’ida namoyon bo’lar ekan, ularni harakat, malaka va ko’nikmalardan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Insonning u yoki bu harakat faoliyatini qay darajada o’zlashtirib olganiga qarab tegishli jismoniy sifatlarni yuzaga chiqarish darajasi ham o’zgaradi. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlarining mazmuni, sport musobaqalarining maqsadi faqat salomatlikni yaxshilash, jismoniy rivojlanishni ta’minlash, sport mahoratini oshirish bilangina chegaralanib qolmay, balki yosh sportchilarni Vatan sharafi uchun kurashish, el-yurt obro’sini ko’tarish hamda sog’lom turmush tarzi mazmunida jismoniy tarbiya va sportning naqadar zarurligini ham isbotlashdan iborat. Demak, o’quvchi-yoshlar qaysi kasb-hunar yo’lida faoliyat ko’rsatmasin, ular jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlariga alohida e’tibor berishlari, ularni mukammal egallashga astoydil odatlanishlari zarur. O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar tarkibida aholining turmush madaniyatini yaxshilash va sog’lom turmush

 
   

tarzini qurishga qaratilayotgan tadbirlar juda ko’p.

Aholining sog’lom turmush tarzini egallashlarida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlari o’z samaralarini bermoqda. Bunda iqtidorli o’quvchilar, talabalar va sportchilarning ko’payishi, ularning xalqaro anjumanlar va sport musobaqalarida erishayotgan yutuqlari e’tiborga loyiqdir. O’quvchi yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va uni rivojlantirishda jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari hamda musobaqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30 - oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF -6099- sonli farmoni
  2. Abdullayev A. Xonkeldiyev Sh.X. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. O’zDJTI nashriyoti matbaa bo’limi, 2005.
  3. Salomov R.S. Sport mashg’ulotlarining nazariy asoslari – T.,2007
  4. Abdullayev M.J “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”. Toshkent “Turon-Iqbol” nashriyoti, 2020.

                   

   Barnoyeva Mamlakat Sanoqulovna

                                    Navoiy viloyati Uchquduq tumani

                                       10-sonli maktab o’qituvchisi

13 May 2024

        XXI asrda barcha o`quvchilar uchun samarali  muloqot va hamkorlik qilish ko`nikmalariga ega bo`lish zarurati oshib bormoqda . Ba`zilar uchun bu boshqalarga qaraganda osonroq  bo`lishi mumkin, ammo barcha o`quvchilar jamoada samarali muloqot  hamkorlik qilish ko`nikmalariga ega bo`lish  asosiy maqsad bo`lib qolmoqda . Shuning uchun o`quvchilarda ushbu muhim ko`nikmalarni qaytarzda yuzaga kelish kerakligi  va ulardan foydalanishning  turli varriantlarini  taqdim etish  zarurati paydo bo`lmoqda . Bugungi kunga kelib ,ta`limning bunday noan`anaviy usullarini  qo`llash  dars jarayonida kata samara berayotgani  va  bu ta`lim-tarbiya usullarining bosh mezoni sifatida  tan olingani  hech kimga sir emas .  Ta`limda axborot  texnologiyalarining  qo`llanilishi o`quvchilarning mavzular yuzasidan  tayorgarlik ko`rishlarida , erkinlik va tezkorlikka  erishishlariga  asos bo`lishi bilan birgalikda  o`quvchilarga  mavzularning tez va oson yetib borishi hamda qiziqishlarining ortishiga sabab bo`ladi.

   “Tushuncha +test “ usuli . Bunda o`quvchilarga matn o`qib beriladi yoki ovozli moslama  yordamida yordamida  matn eshittiriladi,  o`quvchilar  diqqat  bilan tinglaydi  va quyida beriladigan  testlarning  yechimini topishadi . . Bu usul orqali  o`quvchilarning  diqqat va xotirasi  mustahkamlanadi.  Bu usul butun sinf bilan  ishlaganda qo`llaniladi.

 

 Navoiy viloyati Uchquduq  Tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi 

Kalonova Sohiba Xayriddinovna

13 May 2024

      O‘zbekistonda oliygohlar, kollejlar va texnikumlarga qabul imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Taklif etilayotgan yangi tartibga ko‘ra, abituriyentlar testni 1 marta topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, kollej yoki texnikumga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

       Oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda bo‘ladi,
1-bosqichda abituriyent ro‘yxatdan o‘tib, test fanlarini tanlaydi;
2-bosqichda abituriyent test natijasi e’lon qilingandan keyin ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydi.
Ma’lumot uchun, bir necha yildan beri amal qilib kelayotgan tartibga ko‘ra, abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va bu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

13 May 2024

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi va joriy yilning 1 iyunidan:

 

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro‘yxatga olinadi;

tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkazilib, inspektor tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;

rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

Shuningdek, tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning reyestri yuritiladi va tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida, shoshilinch qabul bo‘limlarida tun-u kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi.

2024 yil 1 iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2024 yil 1 oktyabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida birlamchi ko‘mak xonalari faoliyat boshlaydi. Ularda zo‘ravonlikka duch kelgan xotin-qizlar va ularning farzandlari 3 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi. Ularga shoshilinch birinchi yordam, ruhiy, psixoterapevtik yordam ko‘rsatiladi, yuqumli kasalliklar mavjudligi to‘g‘risida tahlillar o‘tkaziladi.

2024 yil 1 oktyabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

2025 yil 1 yanvardan ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

2024 yil 1 dekabrdan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.

13 May 2024

      KICHIK LEYTENANT SADOQATI

       1944 yilda yapon armiyasi kichik leytenanti Onoda Xiroga Filippindagi Lubang orolida partizanlar otryadini boshqarish va yashirinish buyuriladi. Barcha askarlar nobud bo‘lganidan so‘ng ham Onoda Xiro changalzorlarda yashirinib, hech qanday dushman bo‘lmasada, hududni tark etishga buyruq bo‘lmagani uchun 1974 yilga qadar partizanlik harakatini davom ettirgan. Keyinchalik mahalliy odamlar bu orolga kelib, partizanga duch kelganlarida Onoda urush allaqachon tugaganiga ishonmay qurolni topshirishdan bosh tortadi bevosita komandirining buyrug‘i bo‘lmaguncha qarshilik ko‘rsatishini bildiradi. Bir amallab keksa komandirni topib kelishadi va u karnay orqali changalzorga qarab bir necha kun davomida qarshilikni to‘xtatishni buyurib turadi. Shundan keyingina keksayib qolgan askar qurolni topshiradi va vataniga qaytadi. Undan: “O‘tgan umringiz behuda ketganiga achinmaysizmi?”, deb so‘raganlarida, “Achinmayman! Chunki men vatanim ravnaqi yo‘lida xizmat qildim va buyruqni oxiriga qadar bajardim. Qaytganimda men taraqqiy etgan Yaponiyani ko‘rdim va bunda o‘zimning ham hissam bor, deb hisoblayman. Chunki har kim o‘z ishini sidqidildan bajarishi kerak”, deya javob bergan.

      TAQDIR HAZILIMI YOKI OMAD?

      Shu kungacha yagona atom bombardimoniga Yaponiyaning Nagasaki va Xirosima shaharlari duchor bo‘lishgan. AQSHlik harbiylar tomonidan Xirosima shahriga reja asosida atom bombasi tashlangan bo‘lsa, Nagasaki shahri taqdirning achchiq hazili tufayli bu qurolga nishon bo‘lgan. Aslida ikkinchi bomba Kokura shahriga tashlanishi kerak edi, lekin ob-havo uchishga noqulay bo‘lganligi sabab uchuvchi bombani Nagasakiga tashlashga qaror qiladi. Yaponiyalik injener Tsutomu Yamaguti esa ikki marta atom bombasi portlashini boshdan kechirgan insondir. Gap shundaki 1945 yilning 6 avgustida Yamaguti Xirosimada bo‘lgan va bomba portlashidan so‘ng erta tongda o‘zining ona shahri Nagasakiga qochib boradi. Yetib borishi bilan ikkinchi bomba portlaydi. Yamaguti 2010 yilga qadar tirik qolgan va ikki atom urushini boshdan kechirgan oxirgi inson sifatida tarixga muhrlangan.

13 May 2024


Anatoliy Nikolavichni xotirlab...
      Charx urib aylanayotgan dunyoda kiftingga ortmoqlaganing, qalbingga to‘ldirganing nur bo‘lsin ekan! U juda nuroniy kamtar va mehnatsevar inson edi. Qaysi bir joyga bormasin o‘zi bilan nur tashirdi go‘yo.
        Ba’zan kadrlar bo‘limiga biror bir yumush bilan kelsa albatta xonamga yo‘l solib o‘tardi. Tashrifidan xonam ham, ko‘nglim ham yorishib ketardi...
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni uni sira kamtarlikdan uzoqlashtirmagan, shunday kichik ko‘ngil, kamsuqum, kamtar edi bizning Panin bobo! O‘zi ham ekskavatori ham konchi azamatlarga yaxshi tanish. Televizordami, rasmdami ko‘rishsa, hamon “Paninning ekskavatori”, deya iftixor qilishardi. Futboldagilar esa qahramon bilan bir maydonda to‘p surish yuksak faxr ekaniga g‘ururlanibmi, ijtimoiy tarmoqdagi asosiy rasmlariga u bilan tushgan suratlarini yuklashgan. Mening esa ulug‘larni ko‘rgan nuroniy deya, yonimizdan o‘tgan afsonamiz, deya g‘ururlangim keladi.
Oftobning qaynoq tafti, sovuqning ancha izg‘irinlari Uchquduqni, uning kon xazinalarini “siylamay” o‘tmaydi. Yozning jaziramasiyu qishning ayozida shahar markazidan 35 km. uzoqlikdagi kon qazilmalarida mehnat qilish oson ish emas. Tilloni qattiq “quchib” olgan zamin oltinni osonlikcha bermaydi. Yoz taftidan sarimoydek erib tursa-da, jaziramaning tandirdek otashi mehnatni og‘irlashtiradi. Qishda esa tuproq toshdek qotib, ayoz bor zahrini sochadi.
Anatoliy Nikolayevich ana shu tabiat injiqlari ichida mehnat qilib hurmat qozongan insonlardan edi. Qalbi yaxshilikka limmo-lim to‘liqligidan ko‘zlaridan yaxshiligi to‘kilib turardi.
Panin Anatoliy Nikolayevich mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida faol mehnatga bel bog‘lagan konchilardan. “Tog‘ elektromexanikasi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgach 1970 yildan 2021 yilgacha Shimoliy kon boshqarmasi ochiq usulda qazib olish “Sharqiy” konida ekskavatorchi bo‘lib ishlagan, ma’dan yashiringan katta-katta xarsanglar bag‘rini o‘yib-parchalab vatanimizning “oltin xirmoni”ga hissa qo‘shgan.
Tog‘-kon sanoatidagi fidoyi mehnatlari sabab bir necha bor yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Bir paytlar ko‘ksiga biram yarashib turgan “Oltin Yulduz”i ham pok mehnatlarining samarasi edi, aslida!
U nafaqat konchilik sohasida, balki sportda ham boshqalarga namuna bo‘lgan fidoyi futbolchi edi. Bir qancha to‘psurar shogirdlari bilan tuman, viloyat va tashkilotlar o‘rtasidagi o‘yinlarda faol qatnashgan. Qaysi yashil maydonda to‘p surmasin, yosh avlodga madaniyati axloqi fidoiyligi bilan o‘rnak bo‘lgan. Futbol komandasidagi har bir bola uchun uning kelajak taqdiri salomatligi uchun kurashgan inson.
Bugun ham “Lochin” o‘yingohi yonidan o‘tarkanman kichkintoy futbolchi bolajonlarning Anatoliy Nikolayevichni o‘zaro “Panin buva” deb atashgani hali ham quloqlarim ostida jaranglaydi. Ulkan hurmatga, bolalarcha beg‘uborlikka, mehrga sug‘orilgan “Panin buva” atamasi menga sevimli adibim Oybek domlaning bolaligidagi “Fanorchi ota”ni eslatadi. Katta-kichikning yo‘llarini beta’ma yorituvchi, mo‘mingina fanorchi otani!
Panin buvamni eslab qolaman: Ajab! Qaysi vaqt, qaysi zamon bo‘lmasin, qaysi din, qaysi millat bo‘lmasin odamlar ko‘nglini yo‘lini umrini yorituvchilarning yumushi bir xil ekan – nur ulashish, nur tashish...


Nilufar MUYDINOVA,
SHKB Axborot va ma’naviyat-ma’rifat guruhi mutaxassisi

12 May 2024

Ауған соғысы....Ауған жерінде жан кешкен өрендерді еріксіз ойға түсіретін жан жарасы. 10 жылға созылған соғыс - қазіргі аға буынның қайғылы естелігі, боздақтарынан айырылған отбасы қайғысы, із-түссіз кеткен жауынгер жақындарының үзілген үміті. Биыл Кеңестер Одағының әскерлері Ауған жерінен шығарылғанына 35 жыл толады. 

 «Ерлік – жан дүниенің ұлы қасиеті» деген екен бір дана қария. Өмірінің өлшеулі бір бөлігі, жауқазын жастық шағының сүбелі үлесін оқ пен от астында өткізіп, тағдырдың жазуымен елге аман-сау оралып, туған жерімен қауышқан майдангер ағаларымыз арамызда. Соның бірі бүгінгі кейіпкеріміз -Түлеков Сейітқазы Нұрғалиевич. С.Түлеков 1959 жылы 5 мамыр күні Тамды ауданына қарасты Керізбұлақ ауылында туылған. Жоғарғы білімді, мамандығы - инженер-механик. 

1979 жылы 25 желтоқсанда Терміз қаласы арқылы Кеңес армиясы әскерлері қатарында алғаш рет Ауғанстанға соғысқа барған. Сейітқазы Нұрғалиұлы соғыста 40 армия, №108 мотострелковый дивизиясының 271-бөлім арнайы инженерлік-сапер батальоныда қызмет етеді. Ауғанстанның Құндыз, Қабул, Герат, Баграм қалаларында, тау етектерінде жауынгер ретінде қалтқысыз қызмет етеді.  

Өтер жылдар, айлар тағы алыстап

Тағдыр талай тауқыметін табыстар.

Өздеріңді жырлап өтер ұрпағың

Ауғандағы азап шеккен арыстар, - деп ақын жырлағандай, өмір тоқтамайды, ерлік өлмейді, замандарға жалғаса береді. Бұған дәлел бүгінгі ортамызда жүрген ауғандық жауынгерлеріміз соғыстан қайтқан соң Үшқұдықтағы өндірістік орын Солтүстік кен басқармасында 25 жыл еңбек етіп, 2019 жылы зейнетке шықты. Бейбіт өмірдегі жарқын істері, 2003 жылдан бері қоғамдық жұмысы «Қошқар ата» зиярат орнында шиықшылығы мен абаттандыру-көгалдандыру жұмыстарындағы белсенділіктері қатарластарына үлгі. Әйелі Жұбаева Лаззат бастауыш сыныпта сабақ беріп, Үшқұдық қаласындағы (бұрынғы №10 балабақшада) №1 мектепке дейінгі білім беру мекемесінде тәрбиеші болып, 2014 жылы пенсияға шығады. Ұлы - Рабат Нұрғалиев ГМЗ-3 да жұмыс істеп, үлкен қызы Мақпал мен кіші қызы Тойжан өз мамандықтары бойынша жұмыс істеуде

– Соғыстың аты – соғыс, ол адамзатқа тек қасірет алып келетінімен белгілі. Тарих бетіне өзінің қанды ізін қалдырған ауған соғысы да талай ерлердің тағдырын оққа байлады, -дейді кейіпкерліміз. - Жат жерде соғысқан жауынгерлердің барлығы кебенек киіп аттанғанымен, мырыш табытпен елге оралғаны да аз емес. Мыңдаған жас азамат жат елде жан тапсырып, мыңдаған қандастарымыз ұрыс даласынан жарақатпен оралды. Оқ пен оттың ортасынан аман-есен оралғандар үшін Ауғанстан мәңгілік жан жарасына айналды.Ауған соғысының ардагерлері ұрыста қаза тапқан қаруластарын жүректерінде мәңгі сақтайды. Бұл соғыс әлі күнге дейін тарих беттерінен өзінің тиісті орнын ала алмай жүр.

Иә, өлгендер қайтып келмейді, бір-ақ, соғыс жүрегіне өшпес жара салған азаматтарға құрмет көрсету – біздің қасиетті парызымыз.

12 May 2024

Синовли йиллар ҳикояси

8 ЁШЛИ ЮК ТАШУВЧИ

Бугунги тинч осуда кунимиз, мусаффо осмонимиз учун аввало Яратганга ва мана шу тинчлик учун курашган инсонларга қанча раҳматлар айтсак оз. Мақоламизда уруш аталмиш шафқатсиз қотилнинг беаёв заҳматларига гувоҳ бўлган учқудуқлик Кривенюк Анна Ивановна билан таништирамиз.

У 1933 йилда Россиянинг Алтай туманида оддий чилангар оиласида туғилган. Онаси фаррош бўлган бу оилада 6 нафар фарзанд вояга етган. Аннанинг болалик йиллари оғир кечади. 1939 йилда Самарқанднинг Каттақўрғон шаҳрига келиб қолади ва мактабда ўқий бошлайди. 

Уруш бошланиши билан ҳали ҳаётни тўла англаб улгурмаган мурғақ жуссаси оғир меҳнат билан юзлашади. Саккиз ёшли Анна поезд рельслари қурилишида юк таший бошлайди.

Уруш қанчадан қанча оилаларни бор-будидан, тинчлигидан ва яқинларидан айирди. Бу йиллар унинг оиласи учун ҳам анча қийин кечди. 1942 йилда Қозоғистоннинг Чимкент шаҳрида кейин Олмаотада яшадилар. Бу сарсон – саргардонлик Аннанинг оиласини ҳам отасидан ҳам икки нафар укаларидан айиради.

1946 йилда эса онасидан ҳам айрилган 13 ёшли Анна оила юкини елкасига олишга мажбур бўлади. Мактабда ўқишга энди унинг на имконияти ва вақти бор эди. Кўпгина жойларда турли оғир ишларни бажаради. Яшашга ва синовларга бардошли бўлишни ўрганади.

Аннанинг ҳаётида яхши кунлар ҳам бўлди, албатта! Севди, севилди, меҳр-муҳаббатга қурилган оиласида уч нафар фарзанди вояга етди. 1967 йилда бутун оиласи билан Ўзбекистонга кўчиб келади. Учқудуқ уларнинг ватанига айланади. Фарзандлари ҳам айнан шу ерда ўсиб-улғаяди.

Аввалига Анна Ивановна лабораторияда, кейинчалик турли жойларда қоровул бўлиб ишлаган. Мана ёлғиз яшаётганига ҳам 30 йилдан ошиқроқ вақт бўлибди. Гарчи, бошидан кечирган қийинчиликлари болалик ва уруш йилларини эслашни хоҳламаса-да, Анна Ивановна маҳалла-кўй, қўни-қўшнилар, ижтимоий хизмат ходимлари, туман ҳокимлиги ҳолидан хабар олиб турганлигидан барчага ўз миннатдорлигини билдиради.

- Болалигимни ўғирлаган, ҳали 8 ёшимдаёқ машаққатли меҳнат қўйнига отган, энг мудҳиши яқинларимдан айирган лаънати урушни қоралайман, - дейди кўзларига ёш олганча қаҳрамонимиз.

91 ёшни қаршилаган Анна Ивановна ҳозирда “Айтим” маҳалласида истиқомат қилади. Юқорида таъкидланганидек, туман ҳокимлиги Шимолий кон бошқармаси, маҳалла вакиллари онахон ҳолидан мунтазам хабар олиб туришади. Зеро, ҳеч бир миллатни бегона демай меҳр кўрсатадиган халқимиз ўша суронли йилларида ҳам бугунги дориламон кунларда ҳам ҳеч кимни эътибордан четда қолдиргани йўқ.

Райҳон ҚОДИРОВА, махсус мухбиримиз.

Page 2 of 249

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: